“XKSga 14 mart kuni kelgan Kox orbitada 2020 yil fevraligacha qoladi va koinot parvozi davomiyligi bo‘yicha ayollar o‘rtasida rekord o‘rnatadi”, deyilgan xabarda.
Koxning o‘zi esa bu xabarga “Bir oy ortda qoldi. Yana 10 oy bor. Bu koinotni zabt etishga har kun o‘z ulushingni qo‘shishga imkondir”, deb izoh bergan.
NASA rahbari Jim Braydenstayn Koxni rekord o‘rnatish imkoniyati bilan tabriklagan.
40 yoshli Kox XKSga 14 mart kuni “Soyuz MS-12” kemasida parvoz qilgan. Bu uning orbitaga birinchi parvozi bo‘lib, u dekabrda 59-ekspeditsiyaning qolgan a'zolari bilan Yerga qaytishi kerak edi. NASA’ning yangi rejasiga ko‘ra Kox stansiyada yana 2 oy qoladi va Yerga 61-ekspeditsiya a'zolari bilan birga qaytadi.











