Ushbu konferensiyani o‘tkazishdan maqsad sport turlarini hisobga olgan holda sportchilarni ovqatlanish tizimini yo‘lga qo‘yish va amalga oshirishdan iborat. Seminarda sportchilarning ratsional ovqatlanish, tabiiy oqsilga boy mahsulotlarni is'temol qilish mavzusida ma'ruzalar tinglandi.

Tadbirni Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi rahbari A.Sadikov ochib berdi. 

Toshkent tibbiyot akademiyasi professori G. Shayxova, diyetolog, tibbiyot fanlar nomzodi  I.Otajonov, O‘zbekiston jismoniy tarbiya va sport universiteti dotsenti N.Svetlichnaya, “SIBERIAN WELLNESS” kompaniyasi vakili Yurian Tursin so‘zga chiqdilar.

Anjuman qatnashchilariga O‘zbekiston Respublikasi Milliy Olimpiya qo‘mitasi qoshidagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi tomonidan chop etilgan  9 ta metodik qo‘llanmalar Respublika Olimpiya Zahiralari sport maktab-internati hamda sport federatsiya xodimlariga tarqatildi.

Tadbir yakunida kelgusidagi rejalar tuzib olinib, ularni amalga oshirish mexanizmlari kelishib olindi.

Zilola To‘laganova