Xalqaro olimpiadaning mazkur yo‘nalishida O‘zbekiston Mudofaa vazirligiga qarashli oliy harbiy ta'lim muassasalaridan ham vakillar ishtirok etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2018 yilda Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida informatika fani bo‘yicha bo‘lib o‘tgan bahslarda al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Maxsus fakulteti (hozirgi Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti) kursantlaridan iborat jamoa birinchi bor ishtirok etishiga qaramay 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan edi.
Olimpiadaning navbatdagi yo‘nalishlari bo‘yicha bellashuvlar 24—29 mart kunlari Armanistonning Dilijon shahrida Ingliz tili bo‘yicha (Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti jamoasi), 20—25 aprel kunlari Qozog‘istonning Karaganda shahrida matematika fani bo‘yicha hamda Rossiyaning Ryazan shahrida Harbiy-kasbiy tayyorgarlik bo‘yicha (Qurolli Kuchlar akademiyasi jamoasi) bo‘lib o‘tadi.
Ta'kidlash kerakki, 19—23 mart kunlari Sankt-Peterburg shahrida oliy ta'limgacha muassasalar o‘quvchilarining matematika va fizika fanlaridan I halqaro olimpiadasi ham o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. Unda Mudofaa vazirligiga qarashli Farg‘ona, Urganch va Samarqand «Temurbeklar maktablari»ning o‘quvchilari ham birinchi marta ishtirok etadi.











