"Asosiy maqsad - sport kompleksining barcha imkoniyatlarini keng namoyish etish. Muz kompleksining ochilishi g‘oyasi bu sport va san'atning birlashuvi, sportning qanchalik muhimligini ko‘rsatishdir", - deydi ochilish marosimi tashkilotchisi Madina Tursunova.
Uning ta'kidlashicha, Humo Arena tantanali ochilish marosimiga Rossiya xokkey afsonalari, xususan, Pavel Bure, Proxorov, Yakushev va boshqalar tashrif buyuradi. Shu bilan birga O‘zbekistonning "Binokor" jamoasi veteranlari ham ishtirok etadi.

"Shuningdek, biz muzdagi raqslar bo‘yicha chempion Tatyana Navkani taklif qilganmiz, u muz ustida "SHCHelkunchik" spektaklini namoyish etadi. Bundan tashqari, Filipp Kirkorov, Nikolay Baskov, Dmitriy Bilan kabi mashhur qo‘shiqchilarning tashrifi kutilmoqda. Mahalliy sport va estrada yulduzlarining ham chiqishlari rejalashtirilgan, albatta", - deya ma'lum qildi u.










