«So‘nggi yillarda respublikamiz shahar va qishloqlari, aholi punktlarining zamonaviy arxitektura qiyofasini shakllantirish hamda yangilash borasida kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi. Shu bilan birga, shaharsozlik faoliyatida muayyan kamchiliklar, jumladan sohadagi belgilangan me'yorlarga rioya etmaslik holatlari mavjudligi aniqlandi», - deydi senator.
Abrorovning ta'kidlashicha, bunday huquqbuzarliklar fuqarolar hamda yuridik shaxslar tomonidan sodir etilayotgani, amalda javobgarlik masalasi ko‘rsatilmagani qurilish tizimini zamonaviy talablarga moslashtirishga yo‘naltirilgan choralar bilan bir qatorda jazolash mexanizmini joriy qilishni ham taqozo etmoqda.
Shu tufayli, Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritgan holda, qurilish sohasida nazorat qilish va yo‘l-qurilish ishlarining sifati ustidan nazorat qilish inspeksiyalarining ko‘rsatmalarini bajarishdan bo‘yin tovlash yoki o‘z vaqtida bajarmaslik uchun ma'muriy jazoni joriy etish nazarda tutilmoqda.











