Foto: Andrew McConnell / Kosmonavtika muzeyi

Yer usti qidiruv-qutqaruv guruhi «SoyuzTMA-15M» kosmik kemasi ko‘z ilg‘aydigan zonada paydo bo‘lishini kutmoqda. Qozog‘iston, 2015 yilning iyuni.

Foto: Andrew McConnell / Kosmonavtika muzeyi

Qidiruv-qutqaruv guruhi «Soyuz MS-01» kemasining tushishini kutmoqda. «Ko‘k qush» otryadiga tegishli vezdexod Yerga qo‘ngan kosmik kemalarni hattoki noqulay ob-havo sharoitlarida qidirib topish va transportirovka qilishga mo‘ljallangan. Qozog‘iston, 2015 yilning iyuni.

Foto: Andrew McConnell / Kosmonavtika muzeyi

«Ko‘k qush» qidiruv-qutqaruv mashinalari «Soyuz MS-01» tushuvchi apparatining qo‘nishidan avval. Qozog‘iston, 2016 yilning oktyabri.

Foto: Andrew McConnell / Kosmonavtika muzeyi

Qidiruv-qutqaruv otryadi xodimlari daniyalik astronavt Andreas Morgensenga «SoyuzTMA-16M» kemasidan chiqishga ko‘maklashishmoqda. Qozog‘iston, 2015 yilning sentyabri.

Foto: Andrew McConnell / Kosmonavtika muzeyi

«SoyuzTMA-19M» kosmik kemasi qo‘nganidan so‘ng. Qozog‘iston, 2016 yilning iyuni.

Foto: Andrew McConnell / Kosmonavtika muzeyi

Rossiyalik kosmonavt Gennadiy Padalka «SoyuzTMA-17M» kosmik kemasida. XKS bortida yangi mevalar juda kamyob — shuning uchun kosmonavtlar va astronavtlar yerga qo‘nishi hamono meva va sabzavotlar bilan manzirat qilinadi. Padalka koinotda bo‘lgan davrlari yig‘indisiga ko‘ra jahon rekordchisiga aylangan - u orbitada 878 kun aylangan. Qozog‘iston, 2015 yilning sentyabri.

Foto: Andrew McConnell / Kosmonavtika muzeyi

«SoyuzTMA-19M» raketasi №1 uchish maydonchasiga transportirovka qilinmoqda. Qozog‘iston, Boyqo‘ng‘ir kosmodromi, 2015 yilning dekabri.

Foto: Andrew McConnell / Kosmonavtika muzeyi

Bolakay raketa tashuvchining qoldiqlari bilan o‘ynamoqda. Ular raketadan ajralgach, Boyqo‘ng‘ir kosmodromidan 600 km uzoqlikda yerga qulaydi. Qozog‘iston, 2018 yilning marti.

Foto: Andrew McConnell / Kosmonavtika muzeyi

Otlar tashlandiq bino oldida. Ilgari bu yerda rezina ishlab chiqariluvchi zavod bo‘lgan. Qozog‘iston, Qarag‘anda oblasti, Saran shahri. 2018 yilning marti.

Foto: Andrew McConnell / Kosmonavtika muzeyi

Qozog‘iston dashtlaridagi kosmik kema qo‘nadigan hududdagi uchta kursi. Uzoq yillar davomida kosmonavtlar va astronavtlar «Soyuz» kosmik kemasining tushuvchi apparatini tark etgach, shunday kursilarga o‘tirishadi. Qozog‘iston, 2016 yilning oktyabri.