Uning so‘zlariga ko‘ra, kun tartibidagi muhokamalardan u yerda barqarorlikni ta'minlash, terrorizmga qarshi kurashish va Suriya hududiga terrorchi to‘dalarni kiritmaslik mavzulari o‘rin olgan.

"Albatta, uchrashuvda mamlakatning urushdan keyingi rivojlanishi va siyosiy jarayon ham muhokama qilinadi. Biz shuningdek, suriyalik qochoqlarning o‘z uylariga qaytishlari bilan bog‘liq dolzarb muammo haqida ham so‘z yuritamiz. Bu jarayon hammaga ham yoqmayotgan bo‘lsa-da, davom etmoqda", - deb qo‘shib qo‘ydi u.