MOQ ma'lumotlariga ko‘ra, musobaqada O‘zbekiston sharafini Zabelinskayadan tashqari, Yekaterina Knebeleva va Murod Xolmurodov himoya qilmoqda.
Zabelinskaya 2 fevralda omnium bo‘yicha o‘tgan musobaqada 192 ochko bilan oltin medalni qo‘lga kiritdi. 2-o‘rinni polshalik Lotte Kopetski (167 ochko) va 3-o‘rinni belgiyalik Marta Yaskulska (159 ochko) egalladi.
Musobaqalarda 15 davlatdan sportchilar ishtirok etmoqda.
Ta'kidlash joizki, musobaqada 2020 yilgi Tokio Olimpiadasida ishtirok etish uchun reyting ochkolari uchun kurash olib boriladi.











