Foto: zakon.kz

Zakon.kz manbasi ma'lumotiga ko‘ra, avtobus «Pavlodar—Astana» trassasida, Kalmakan qishlog‘idan 30 kilometr uzoqlikda to‘xtab qolgan. Van Hool rusumli avtobus (davlat raqami 310 DHB 13) Toshkentdan Krasnoyarskka yo‘l olgandi. Yo‘lovchilar orasida ikki bola ham bor.

Aksu shahri akimati (hokimiyat) qisqa vaqt ichida Pavlodar Favqulodda vaziyatlar departamenti kuchlari bilan hamkorlikda yo‘lovchilarni isitish punktiga — «Sputnik» stansiyasi yaqinidagi o‘rta maktab binosiga joylashtirgan, ular oziq-ovqat bilan ta'minlangan, avtobus ta'mirlab bo‘lingunga qadar yashab turish uchun sharoitlar yaratilgan.

Foto: zakon.kz

Yo‘lovchilarga tibbiy yordam ko‘rsatishga hojat bo‘lmagan.

Foto: zakon.kz

Qayd etilishicha, ularning avtobusi Pavlodar shahriga ta'mirlash uchun olib borilgan.