Hujjatga ko‘ra, sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash kurslarida o‘qish dasturini bajarmagan yoki taklif etilgan sudyalik lavozimini egallashni rad etgan tinglovchilar o‘qish davrida olingan stipendiya summasini Davlat budjetiga to‘liq miqdorda qoplab beradi.

Sudyalarni dastlabki muddatga tayinlashning amaldagi tartibi 2019/2020 o‘quv yili tugagunga qadar saqlab qolinadi.