Ma'lumki, “Mening yurtim” telekanali O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi va “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi hammuassisligida yoshlar auditoriyasi uchun faoliyat yuritadi. 

O‘zbekiston telekanallari reytingida yuqori uchlikdan muqim o‘rin egallagan kanal o‘zining “Markaziy studiya”, “E'tibor markazida”, “Hudud”, “Diydor shirin” kabi ko‘rsatuvlari va yoshlarbop formatdagi rang-barang dasturlari bilan tomoshabinlar o‘rtasida mashhur hisoblanadi.