Milliy olimpiya qo‘mitasi xabariga ko‘ra, turnirda O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Olga Zabelinskaya guruh poygalarida barcha raqiblaridan yaxshi natija ko‘rsatdi (48 ochko) va birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlar mos ravishda Lidiya Boylan (46 ochko, Irlandiya) va Yelena Chekkiniga (44 ochko, Italiya) nasib qildi.
Zabelinskaya kuzda Fransiyada o‘tkazilgan «Chrono des Nations» xalqaro musobaqasida ishtirok etib, O‘zbekiston terma jamoasiga dastlabki oltin medalini taqdim etgandi.
Ma'lumot uchun, ushbu xalqaro turnir sportchilarga Tokio 2020 Olimpiadasi uchun qimmatli reyting ochkolarini taqdim etadi.











