3 dekabr kuni «O‘zagrotexsanoatxolding» AJ tomonidan tashkil etilgan matbuot anjumani va media-tur doirasida shu haqda ma'lum qilindi. Unda aksiyadorlik jamiyati tomonidan 2018 yil mobaynida amalga oshirilgan ishlar, qishloq xo‘jaligi mashinasozligi istiqbollari, uning muammolari va yechimlari, shu bilan birga 2019 yilga belgilangan rejalar haqida so‘z bordi.
Joriy yilda «O‘zagrotexsanoatxolding» AJ tizim korxonalari tomonidan jami 9243 dona qishloq xo‘jaligi texnikasi ishlab chiqilgan. Shundan 3123tasi traktor, 379 dona pritsep, 1104ta ishlov berish texnikasi xaridorlar va fermerlarga yetkazib berilgan. Bundan tashqari, 672 dona paxta seyalkasi, 239 dona g‘alla seyalkasi, 556 dona paxta va g‘alla o‘rish kombayni, 1074ta paxta kultivatori va 2086 dona boshqa texnikalar ishlab chiqilgan.
Ma'lum qilinishicha, «O‘zagrotexsanoatxolding» AJ tomonidan 2018 yil davomida qishloq xo‘jaligi texnikalarining eksport prognozi ijrosini ta'minlash yuzasidan qator ishlar amalga oshirildi. Jumladan, 2018 yilning setyabr-oktabr oylarida xalq bilan muloqot qilish, fermerlar va tadbirkorlar bilan uchrashib, O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalari tanishtirish maqsadida viloyatlar bo‘ylab sayyor ko‘rgazma-yarmarkalari tashkil etildi.
Bugungi kunda «O‘zagrotexsanoatxolding» AJ ishlab chiqarilayotgan texnikalarni 30-40 foizgacha maxalliylashtirish bo‘yicha 3-4 yil ichida amalga oshirish belgilangan 3 bosqichli dasturni amalga oshirmoqda. Media-tur doirasida xolding kompaniya tomonidan ishlab chiqilgan texnikalar ham namoyish etildi.










