Qayd etilishicha, bu haqda BMT bosh kotibi rasmiy vakilining o‘rinbosari Farxon Haq ma'lumot bergan.
«Bosh kotib Qoshiqchi ishi yuzasidan barcha tafsilotlar shaffof va tushunarli bo‘lishi zarurligini eslatdi. Shuningdek, u ushbu hodisada aybdor bo‘lganlarning barcha javobgarlikka tortilishi muhim ekanini aytdi», - dedi Haq.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya Saudiya Arabistoni Qoshiqchi ishi bo‘yicha hech qanday ma'lumot bermaganini ma'lum qilgandi.
Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘lining bildirishicha, Ar-Riyod tergovda hamkorlik qilish istagi haqidagi bayonotga qaramay, jurnalist Jamol Qoshiqchi ishi bo‘yicha ma'lumotni Anqara bilan bo‘lishmayapti.












