Politsiya saytida aytilishicha, roliklarda Petrov va Boshirovning Solsberiga kelishi, so‘ng shahar bo‘ylab harakatlanishi tasvirlangan. Ta'kidlanishicha, yozuvlar shu yilning 4 mart kuni olingan.
Bundan tashqari, Britaniya politsiyasi asab-falajlovchi modda bo‘lgan atir uchun soxta idish - flakonning bir nechta fotosuratini e'lon qildi. Londonning fikricha, u yerda «Novichok» zahari bo‘lgan, rasmiy Moskva bu modda Rossiya va sobiq SSSR davlatlari hududida ishlab chiqarilganini bir necha marta rad etib chiqdi.
Saytda qayd etilishicha, Skripallar ishi bo‘yicha tergov davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yuliya Skripalning qallig‘i yo‘qolib qolgani xabar qilingandi.











