Nashr muxbirlari qizi bilan birga «Novichok» yordamida zaharlangan sobiq «ikkilamchi» agent hamda GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripalning qarindoshlari bilan suhbatlashishdi.
Xususan, Yuliyaning 45 yoshli qarindoshi Viktoriya Skripal Rossiya harbiy razvedkasi o‘ziga ov e'lon qilgan bo‘lishidan xavfsiramoqda.
Yuliyaning qallig‘i «yo‘qolib qolishi» esa, u GRU agenti bo‘lishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarni yanada kuchaytirdi, deb yozadi Britaniya nashri.
Viktoriya Skripalning so‘zlariga ko‘ra, amakisi va singlisi aloqaga chiqishmadi. Nashrning qayd etishicha, zaharlangani va Solsberidagi kasalxonadan chiqqanidan keyin Sergey hamda Yuliya Skripal omma oldida ko‘rinish berishmadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq FXX Petrov va Boshirovning shaxsiy ma'lumotlari sizib chiqishida aybdorlarni topgandi.












