Davlat rahbari qardosh Qozog‘iston xalqini tabriklab, ushbu muhim hujjatda umumiy tarix, ma'naviy va madaniy mushtaraklik bilan bog‘langan mamlakatlarimiz va xalqlarimiz o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik, qardoshlik va yaxshi qo‘shnichilik rishtalari mustahkamligi belgilab qo‘yilganini ta'kidlagan.
Strategik sheriklik to‘g‘risidagi shartnoma hamda Strategik sheriklikni yanada chuqurlashtirish va ahil qo‘shnichilikni mustahkamlash to‘g‘risida qo‘shma deklaratsiyaning imzolanishi o‘zaro hamkorlikni izchil rivojlantirishda yangi bosqich bo‘lgani qayd etilgan.
Qozog‘istonda O‘zbekiston yili doirasida o‘tkazilayotgan madaniy-gumanitar va ishbilarmonlik tadbirlari xalqlarimiz yaqinligining yorqin ifodasidir, deyilgan maktubda.











