Bugun, 21 oktabr kuni musobaqada medallar uchun bahslar o‘tkazildi. 

Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, -74 kg vazn toifasida janglarda ishtirok etgan o‘zbekistonlik Bekzod Abdurahmonov bronza medalini qo‘lga kiritdi.

U medal uchun jangda turkiyalik raqibini mag‘lubiyatga uchratdi va O‘zbekiston hisobiga ushbu jahon chempionatidagi dastlabki medalni qo‘shib qo‘ydi.