«Barselona» prezidenti Xosep Mariya Bartomeu hujumchi Lionel Messi faoliyatining oxiriga qadar jamoada qolishini aytdi.
Bir yil oldin uning «Manchester Siti»ga o‘tishi haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq, yakunda Leo kataloniyaliklar bilan hamkorlikni uzaytirdi.
«Messi «Barselona»dan ketishni istamayapti. Biz uning faoliyati bir klubda o‘tishi haqida har doim aytganmiz. Hozirgi jamoa - nafaqat klubning, balki Messining ham loyihasidir» - deb Bartomeu so‘zlarini keltirmoqda The Times.
Eslatib o‘tamiz, Messi 13 yoshidan beri «Barselona» tizimida o‘ynayapti.











