«Messi yana terma jamoa uchun o‘ynay boshlashiga shubha qilmayman. Biz ko‘p muloqot qilamiz, ammo u bilan terma jamoa haqida gaplashmadim. Ko‘rinishidan u albatta qaytadi. Unga Argentina uchun o‘ynash muhim», — deya Rikelmening so‘zlarini keltirgan Mundo Deportivo. 

Rossiyadagi jahon chempionatida Argentina pley-off bosqichiga qiyinchilik bilan chiqdi. 1/8 finalda esa argentinaliklar fransuzlarga 3:4 hisobida yutqazdi. Messi mundialda bir gol urdi va ikki golga uzatma berdi.