Uchrashuv Belgiyaning Sharlerua shahrida o‘tgan. Mushtlashuv Isroil klubi basketbolchisi o‘yinga berilib ketib, belgiyalik tomoshabinga urilib ketgani sababli boshlangan. Muxlis basketbolchini itarib yuborgan. Bu holat isroillik muxlislarning g‘azabini keltirgan va ular belgiyaliklar bilan janjallashib ketishib, “raqiblari”ga qarata kursilarni ota boshlashgan.

To‘polonni bostirish uchun politsiya naryadi chaqirishga to‘g‘ri kelgan. Politsiya isroilliklarga qarshi ko‘zni yoshlatuvchi gaz qo‘llagan. Tartib o‘rnatilgach, uchrashuv davom ettirilgan. Unda g‘alabani belgiyaliklar qo‘lga kiritgan.