"Habib Konorni barcha besh raund davomida yanchib tashlaydi. U jangni tezda tugatishni istamaydi, u raqibini ezadi. So‘ngra qanday tarzda yutishni o‘zi hal qiladi", - dedi Monson.
Nurmagomedov – Makgregor jangi 6 oktabr kuni Las-Vegasda tashkil etiladi. Nurmagomedov uchun bu jang aprel oyida amerikalik El Yakvinta ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng qo‘lga kiritilgan chempionlik kamarini himoya qiladigan birinchi bellashuvga aylanadi.











