Tarmoqdagi ayrim foydalanuvchilarga siyosatchining bu harakati yoqmadi. Kimdir bosh vazirning raqsini uning mamlakatni boshqarishiga o‘xshatgan bo‘lsa, yana kimdir uni buzilib qolgan robotga o‘xshatdi.
Ammo hukumat rahbarini qo‘llab-quvvatlaganlar ham topildi. Ular Meyni haqorat qilishni bas qilishni, u shunchaki ozgina bo‘lsa ham ko‘ngil yozishga urinayotganini aytishdi.










