Guterreshning so‘zlariga ko‘ra, Annanning vafoti haqidagi xabarni chuqur qayg‘u bilan qabul qilib olgan.
«Ko‘p jihatdan Kofi Annanning o‘zi Birlashgan Millatlar Tashkiloti edi», - deya ma'lum qildi Guterresh.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Birlashgan Millatlar Tashkilotining sobiq bosh Kotibi Kofi Annan 80 yoshida vafot etgani xabar berilgandi.
Kofi Annan 1997-2006 yillarda BMTning yettinchi bosh kotibi bo‘lgan, 2001 yilda Inson huquqlari sohasidagi sa'y-harakatlari uchun Nobel mukofoti bilan taqdirlangan.











