Turli yillarda Markaziy bank raisi birinchi o‘rinbosari (2001-2004), O‘zbekiston Milliy banki raisi birinchi o‘rinbosari va «Asaka» bank raisi (2004-2007), Moliya vaziri birinchi o‘rinbosari (2009-2010), Iqtisodiyot vaziri (2010-2012), Tashqi iqtisodiy aloqalar, savdo va investitsiya vaziri birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi ijrochi direktori bo‘lib ishlagan Ravshan G‘ulomov 2017 yil aprelidan buyon davlat raqobat qo‘mitasiga rahbarlik qilib kelayotgandi.
Biroz avvalroq Davlat raqobat qo‘mitasi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i o‘zgargandi.










