Bahs 52 daqiqa davom etdi. Uilyams ikki setda 1:6 va 0:6 hisoblarida mag‘lubiyatga uchradi. U faoliyati davomida ilk bor uchrashuv davomida bitta geym oldi.

Uilyams professional tennisda ilk bor 1995 yilda debyut qilgan. Konte bilan bahsga qadar uning Singapurdagi WTA musobaqasida ruminiyalik Simona Xalep bilan uchrashuvi Serenaning eng yomon chiqishi bo‘lgan. U o‘shanda ikki setda 0:6, 2:6 hisoblarida mag‘lub bo‘lgan.