Ushbu xizmatdan Uzsard kartasining barcha egalari hamda O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan barcha banklarning mijozlari foydalanishlari mumkin.

Pul mablag‘i to‘g‘ridan-to‘g‘ri Uzsard kartalariga tushiriladi .

Chet eldan 500 dollarlik limit bilan pul o‘tkazish imkoni mavjud bo‘lib, 2% lik komissiya to‘lovlari jo‘natuvchidan yechib olinadi.

Yaqin kunlarda kompaniya QIWI va CONTACT pul o‘tkazmalari xizmatining qo‘shimcha funksiyalarini joriy qilishni rejalashtirgan.