Ma'lum bo‘lishicha, yangi tashkil etilgan  «E-visa.uz» kirish vizalarini rasmiylashtirish tizimi orqali chet el fuqarolari O‘zbekistonga kirish huquqini beruvchi vizani qo‘lga kiritishi mumkin. 

Unga ko‘ra, respublika hududiga kirish huquqini beruvchi vizani rasmiylashtirish axborot-kommunikatsion texnologiyalar asosida amalda oshiriladi. 

Ta'kidlash joizki, sayyohlarni O‘zbekistonga jalb etishda ko‘mak beruvchi bunday tashabbus Ozarboyjon, Armaniston, Gruziya, Hindiston, Singapur va Turkiyada ham yo‘lga qo‘yilgan. 

Hujjatga ko‘ra, viza 30 kun muddatga O‘zbekiston hududida bo‘lish huquqini beradi va undan taqdim etilgan kundan boshlab 90 kun muddat ichida foydalanish mumkin. 

Viza olish uchun murojaat yuborilgan kundan tashqari, 2 kun ichida ko‘rib chiqiladi. Murojaatlarni ko‘rib chiqish uchun 20 AQSh dollari miqdorida boj to‘lanadi.