Suratda Di Kaprio va Pitt qahramonlar siymosida aks etishgan, biri - vesternlarning yoshi o‘tib borayotgan yulduzi, ikkinchisi esa - uning dublyori. Aktyorlar Tarantino kinokarerasida to‘qqizinchi va eng so‘nggi bo‘lishi kutilayotgan "Bir kuni Hollivudda" kartinasida suratga tushishmoqda.
Film syujyeti aktrisa Sheron Teyt (Margo Robbi) o‘limi atrofida rivojlanadi. Sheron Teyt — rejissyor Roman Polanskining marhum turmush o‘rtog‘i. Charlz Menson kulti davomchilari ayol homiladorligining so‘nggi oyida uni shafqatsizlarcha o‘ldirishgan.
"Bir kuni Hollivudda" kriminal dramasi premerasi 2019 yilning avgustiga rejalashtirilgan.










