Ma'lum qilinishicha, Umidjon Salimovni lavozimidan ozod etish haqidagi qaror Prezident Shavkat Mirziyoyevning 26 iyun kuni avtomobil sanoatida joriy yil uchun belgilangan ishlab chiqarish va eksport ko‘rsatkichlarini ta'minlash, tarmoqning rivojlanish istiqbollarini belgilash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishida qabul qilindi. 

Telekanal bergan ma'lumotga ko‘ra, Salimovning lavozimidan bo‘shatilishiga uning faoliyatidagi kamchiliklar va sohadagi qoniqarsiz holatlar sabab bo‘lgan. 

Avval Bosh prokuratura tizimida faoliyat ko‘rsatgan Shavkat Umurzoqov "O‘zavtosanoat"ning yangi rahbari etib tayinlandi.