V guruhi 2-turidan o‘rin olgan Portugaliya – Marokash bellashuvida o‘zbekistonlik FIFA va OFK instruktori Farhod Abdullayev ishlaydigan bo‘ldi. U hakamlar nazoratchisi sifatida faoliyat olib boradi.
JCh–2018. B guruhi, 2-tur
Portugaliya – Marokash
Bosh hakam: Mark Geyreg (AQSh)
Qanot hakamlari: Frenk Anderson (AQSh), Jo Fletcher (Kanada)
Zaxira hakami: Sergey Karasev (Rossiya)
Nazoratchisi: Farhod Abdullayev (O‘zbekiston)
Olim Arifov esa S guruhidan o‘rin olgan Daniya – Avstraliya o‘yiniga tayinlov oldi. U komissar sifatida faoliyat olib boradi. Bu bellashuv 21 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 17:00da boshlanadi.











