Virt Forghaymdan Moskvagacha bo‘lgan 2,5 ming kilometr yo‘lni bosib o‘tgan. U minib kelgan traktor 1936 yilda ishlab chiqarilgan. Yakshanba kuni Moskva shahri sport va turizm departamenti rahbari Nikolay Gulyayev Virtga Germaniya-Meksika o‘yini chiptasini topshirdi.
«Rossiya yo‘llari bilan bog‘liq birorta muammo yuzaga kelmadi. Ularning sifati nemislarnikidan qolishmaydi. Meni besh marta yo‘l politsiyachilari to‘xtatishdi, faqat birga suratga tushish uchun», — degan Virt.
«Rossiyaga kelganimda men ushbu o‘yinga kirish imkoniyati haqida so‘radim. Moskva shahri hukumati menga shunday imkoniyat yaratib berdi va ulardan minnatdorman», — degan u.
Virtning so‘zlariga ko‘ra, yo‘lda eng qiziq voqealar insonlar va yangi tanishlar orttirish bilan bog‘liq bo‘lgan.
JCh-2018 «F» guruhining Germaniya – Meksika uchrashuvi Moskvadagi «Lujniki» stadionida bo‘lib o‘tdi va meksikalik futbolchi Irving Losanoning 35-daqiqada kiritgan to‘pi uchrashuv taqdirini hal qildi.












