Videoselektor davomida prezident to‘y kortejini to‘xtatib, kelin-kuyovni taksiga o‘tqazib yuborgan Yoshlar ittifoqi raisi Qahramon Quronboyevni keskin tanqid qilgan va uni prezidentning so‘zlarini noto‘g‘ri talqin qilishda ayblagan.
«Yoshlar bilan ishlashda faqat quruq gap, majlisbozlik, to‘y kortejini to‘xtatish qilinmoqda. Boshqa narsani bilmaydi. Bu ishlar siyosatga xiyonat. Bilasizlarmi, to‘yni to‘xtatishdan oldin to‘y ma'naviyatini ota-onasiga tushuntirish kerak. Qo‘lingdan kelmasa, prezident maslahatchisi, o‘rningni bo‘shatib qo‘y», deya prezidentning so‘zlarini keltirmoqda «Kun.uz» muxbiri.
Prezident Quronboyev bilan bog‘liq vaziyatni ko‘rib chiqishga ko‘rsatma bergan.











