Manbaga ko‘ra, otishma natijasida politsiyachilardan biri jiddiy jarohat olgan va shifoxonaga yetkazilgan.
Telekanalda ma'lum qilinishicha, otishmadan keyin erkak 1, 7, 10 va 12 yoshdagi bolalarni garovga olib, xonadonga yashiringan. Bolalar gumonlanuvchining farzandlari bo‘lishi ham mumkin, degan taxminlar bor.
Hozirda maxsus kuchlar gumondor bilan muzokaralar olib borishmoqda.
"Bizning asosiy vazifamiz bolalarning xavfsizligi. Umid qilamanki, u tinch yo‘l bilan taslim bo‘ladi", - deydi politsiya boshlig‘i.











