Avvalroq ma'lum qilinganidek, sobiq prezident mamlakatdagi eng katta olmos koni Marangeni o‘zlashtirishda korrupsiyaga yo‘l qo‘yilgan bo‘lishi mumkinligi yuzasidan parlamentning kon sanoati qo‘mitasi a'zolari savollariga javob berishi kerak edi. Mugabening o‘zi prezidentligi vaqtida olmoslar sotilishidan davlatga 15 mlrd dollar kelib tushmaganini tan olgan.

“Biz unga agar kelmasa, bo‘ysunmaslikda ayblanishini eslatib o‘tamiz”, deb aytgan Mlisva.

Portal ma'lumotlariga ko‘ra, keyingi jarayon 11 iyunga belgilangan. 

2017 yil noyabrida 93 yoshli Mugabe harbiylar va hukmron partiya rahbariyati bosimi ostida iste'foga ketishga majbur bo‘lgandi. 

Marange koni 2006 yilda ochilgan bo‘lib, mutaxassislarning baholashicha, sayyoramizdagi eng katta olmos koni hisoblanadi. Uning o‘zlashtirilishida Xitoy, BAA, JAR kompaniyalari ishtirok etgan. Kon 300 kvadrat kilometrdan ko‘proq maydonni egallaydi.