«U uyida ta'mirlash ishlarini bajarayotgandi. Bitta xonani bo‘lajak farzandga ajratishni rejalashtirgan. Ikkinchisi - yotoqxona. Oshxona va boshqa xonalar ta'mirdan chiqarib bo‘lingandi. U barchasiga o‘z cho‘ntagidan pul to‘lagan», - deya aytib o‘tdi Viktoriya Skripal.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Yuliya Britaniyaga uchib kelishdan avval ayol-prorabga qo‘ng‘iroq qilgan va ish uchun navbatdagi haqni yetkazib berishga ulgurmayotganini aytgan. U kalitlarni Stepan ismli yigitdan berib yuborishini bildirgan.

Viktoriya Skripalning qo‘shimcha qilishicha, Stepan zaharlanishdan so‘ng, 6 mart kuni, prorabning yoniga kelgan va uy kalitlarini bergan. U go‘yoki shunday degan: «Sen meni tanimaysan, sen meni ko‘rmagansan!».

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Britaniya Skripallarni majburan ushlab turgani haqida ma'lum qilgandi.