Ma'lum qilinishicha, Wind Rose MJCh buyurtmasi asosida ish olib borayotgan bosh pudratchi  Singapur davlatining Enter Engineering Pte. Ltd. vakillari ishni shu yil yakuniga qadar tamomlaydi. 

Muz saroyi qurilish loyihasi Janubiy Koreyaning Heerim Achitects & Planners tomonidan tayyorlangan. Unga ko‘ra, asosiy muz maydonida 12500 nafar tomoshabinga moslashtirilgan o‘rindiqlar, qo‘shimcha maydonda esa 300 kishilik o‘rindiq bo‘lishi kutilmoqda. 

Saroy atrofida 2000ta mashinani qo‘yish uchun avtoturargoh tashkil etiladi.  ​