Avvalroq, matbuotda uning Rio-de-Janeyro shahridagi hashamatli uyida yashayotgan ikki mahbubasi bilan avgust oyida to‘y marosimini o‘tkazishi haqida yozilgandi.

«Juda katta yolg‘on. Hamma bu haqda yozyapti, ammo bu uydirma. Butun dunyo menga qo‘ng‘iroq qilmoqda, biroq, hech qanday to‘y rejalashtirilayotgani yo‘q», – dedi Ronaldino Globo nashriga.