Xususan, 2019 yil sentabr oyiga qadar yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlovchi viloyat bo‘linmalari yo‘l-transport hodisalari va YPX qismlari joylashuvi to‘g‘risidagi axborotni aks ettiruvchi geolokatsion vositalar bilan jihozlanadi.
2019 yil noyabr oyigacha yo‘l-transport hodisalari sodir etilgan holatlarni hisobga olishning yagona avtomatlashtirilgan bazasi elektron xaritada yo‘l-transport hodisalari o‘choqlari to‘g‘risidagi axborot aks etishini hisobga olgan holda jihozlanadi.
2019 yil dekabrga qadar quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘lgan mobil ilova ishlab chiqiladi:
yo‘l-transport hodisalari o‘choqlari, avtomobil yo‘llarining ayrim uchastkalarida harakatlanishni vaqtinchalik to‘xtatish haqida qabul qilingan qarorlar to‘g‘risida axborot olish;
foydalanuvchilar uchun Yo‘l harakati qoidalari buzilgan va yo‘l infratuzilmasi shikastlangan holatlar to‘g‘risida axborot joylashtirish;
Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar to‘lash bo‘yicha tranzaksiya xizmatlarini ko‘rsatish.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq avtomobil transporti bosqichma-bosqich zamonaviy xavfsizlik tizimlari bilan jihozlanishi xabar qilingandi.











