Qarorga muvofiq, Marg‘ilon shahrida 210 o‘rinli maktab-internat tashkil etiladi.
2018-2019 o‘quv yilida maktab-internatning 5-8-sinflariga, 2019-2020 o‘quv yilidan boshlab esa 5-sinfiga 30 nafardan o‘quvchi qabul qilinadi.
Mazkur maktab-internatni tashkil etishdan O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekiston Qahramoni Erkin Vohidov nomini abadiylashtirish, shoir izdoshlarini kashf etish va ularning o‘z iste'dodlarini keng namoyon qilishlari uchun shart-sharoitlar yaratishdan iboratdir.











