Ma'lum qilinishicha, mashhur nashrda faoliyat olib boruvchi muxbir Nukus shahridagi muzeyga taklif etilgandi, shuningdek, rus san'ati va madaniyati durdonalari saqlanayotgan binodan reportajlar tayyorlashni rejalashtirgandi.

Eslatib o‘tamiz, davlat rahbarining AQShga rasmiy tashrifi boshlanishidan 3 kun avval O‘zbekiston Konstitutsion tuzumiga tajovuz qilganlikda ayblangan jurnalist Bobomurod Abdullayev sud zalida ozod qilingandi.

Human Rights Watch tashkilotining Markaziy Osiyo mintaqasi tadqiqotchisi Stiv Sverdlovning ta'kidlashicha, Abdullayev va u bilan birga qamoqqa olingan Hayotxon Nasriddinovning ozod etilishi bilan mamlakatdagi qamoqxonalarda hech qanday jurnalist qolmadi.