«Orenburg» safarda «Avangard» bilan bellashib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Gollardan biriga hamyurtimiz Vadim Afonin mualliflik qildi. «Krilya Sovetov» klubi o‘z maydonida «Kuban»ni 1:0 hisobida yengdi. «Yenisey» safarda «Shinnik» (2:2) bilan durang o‘ynadi.

Natijada, musobaqa yakunlanishiga 1 tur qolganida «Orenburg» va «Krilya Sovetov» klublari Premer-liga yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi. Ularning hisobida mos ravishda 83 va 82 ochko bor.

Uchinchi va to‘rtinchi o‘rinni egallagan «Yenisey» va «Tambov» klublari o‘tish turnirida ishtirok etadigan bo‘lishdi.

Eslatib o‘tamiz, «Orenburg» o‘tgan mavsumda Premer-ligani tark etgan edi.