Operatsiya kam uchraydigan xordoma o‘simtasi borligi aniqlangan 27 yoshli erkakka talab etilgan. Bu o‘simtani olib tashlash juda katta aniqlikni talab qiladi – agar o‘simta to‘liq olib tashlanmasa, u jadal rivojlanib, oxir-oqibatda falajlikka olib kelishi mumkin.

Shifokorlar operatsiyani bajarishda robotqo‘lni qo‘llashga qaror qilishgan. Operatsiya 3 bosqichda o‘tkazilgan – shikastlangan umurtqa bo‘laklarini olib tashlash, o‘simtani olib tashlash va sonning qismi yordamida umurtqalarni tiklash.

Operatsiya 20 soatga yaqin vaqt olgan. Avvallari robotqo‘llar yumshoq to‘qimalarni operatsiya qilish vaqtida qo‘llangan. Ta'kidlanishicha, operatsiya muvaffaqiyatli o‘tgan va bemor normal hayotga qayta olgan.