
Memorandum ommaviy axborot vositalarida ziyorat turizmini ommalashtirishga doir keng ko‘lamli faoliyat, turizm sanoatida diniy va ta'limiy tadbirlar sonini ko‘paytirish, shuningdek jahon hamjamiyatiga islomning asl insonparvarlik mohiyatini yetkazishga, islom boy merosini o‘rganish va saqlashga qaratilgan xalqaro tadbirlarni tashkillashtirishni ko‘zda tutadi.
Memorandum doirasida shuningdek O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida tanishuv safarlarini tashkillashtirish va ularning turistik salohiyatiga doir ma'lumotlarni taqdim etish ko‘zda tutilmoqda. Bundan tashqari, sayyohlik salohiyatiga oid ma'lumotlar diniy tadbirlarda targ‘ib qilinadi.











