Turkiya prezidenti o‘z chiqishini O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekiston qahramoni Erkin Vohidovning «O‘zbegim» qasidasining turkcha tarjimasini aytish bilan boshladi hamda deputat va senatorlarning olqishiga sabab bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasining prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil oktabr oyidagi Turkiyaga davlat tashrifi chog‘ida ham Erdo‘g‘an Abdulla Oripovning «O‘zbekiston — Vatanim manim» she'ridan parcha o‘qib bergan edi.