Avvalroq, Rossiyaning KQTTdagi delegatsiyasi vakili hozircha kun tartibida hech qanday o‘zgarish yo‘qligi, kutilishicha, yig‘ilish kechgacha davom etishi, kechki payt esa Niderlandiyadagi Rossiya elchixonasida matbuot anjumani bo‘lib o‘tishi haqida xabar bergandi, deb yozmoqda agentlik. Jurnalistlar tashkilotining bosh qarorgohi binosiga kiritilmayapti, uchrashuv matbuot uchun yopiq rejimda o‘tkazilmoqda.
KQTT tarkibiga 190 davlat kiradi. Kengash tashkilotning ijroiya organi bo‘lib, 41 nafar ishtirokchidan iboratdir, ular ikki yil muddatga KQTT konferensiyasida saylanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Britaniya bosh vaziri Tereza Mey BMT Xavfsizlik Kengashida Rossiya tomonining Suriya bo‘yicha rezolyutsiyaga nisbatan vetosi mamlakat hududida yuz bergan kimyoviy hujumlarni surishtiruvdan o‘tkazishni bloklashga qaratilgan urinish ekani haqida ma'lum qilgandi.











