Andijon viloyati adliya boshqarmasining 15 aprel kuni Andijon viloyatining 20850,1 ga yer maydonidagi 898 ta (shundan 13 tasi noislomiy) qabristonlarni obodonlashtirish uchun hashar o‘tkazish haqidagi tashabbusi viloyat hokimligi tomonidan ma'qullandi.
Hozirda hasharga aholini uyushqoqlik bilan chiqarish uchun O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Nuroniy jamg‘armasi va Yoshlar ittifoqining hududiy bo‘linmalari, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari jalb qilinmoqda.










