“5 nafar muxlis halok bo‘ldi, 8 nafari jarohat oldi. Halok bo‘lganlar soni oshishi mumkin, chunki bir necha jarohatlanganning ahvoli og‘ir deya baholangan”, deb ma'lum qildi shahar komissari Xersi Barre Djye.

Uning aytishicha, qo‘lbola portlovchi qurilma alohida ahamiyatdagi mehmonlarga mo‘ljallangan tribunada yashirilgan bo‘lgan. Futbolchilarga ziyon yetmagan. 

Hozircha birorta guruh ushbu portlash uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan, biroq politsiyaning fikricha, ushbu hodisaga “Ash-Shabob” terrorchilik guruhi aloqador bo‘lishi mumkin.