«Biz hozirda hisobotni jiddiy o‘rganib chiqmoqdamiz, u yerda juda qiziq jihatlar bor», - deya aytib o‘tdi Lavrov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya yaqin vaqt ichida, rossiyalik ekspertlar hamda tegishli idoralar xodimlar hujjatni ko‘rib chiqqach, o‘sha qiziq jihatlarni e'lon qiladi. Uning ta'kidlashicha, KQTT kimyoviy modda o‘zgacha ekanini tasdiqlagan va yopiq qismda bu moddaning batafsil, uzun kimyoviy formulasi keltirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Novichok» zaharli moddasining yaratuvchilaridan biri sifatida e'tirof etiladigan kimyogar Vil Mirzayanov Kimyoviy qurolni taqiqlash bo‘yicha tashkilot ekspertlari hisobotiga o‘z munosabatini bildirgandi.