Shu tariqa, KQTT Britaniya tomoni versiyasini tasdiqladi.

Ekspertlar Solsberida Skripallar zaharlangan joydan olingan namunalarda zaharlovchi moddalar zarrachalarini topishgan. Zahar Skripallarning qonidan ham topildi, deb xabar beradi Sky News.

KQTTdan ta'kidlashlaricha, topilgan modda aralashmasiz bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq OAV Yuliya Skripal qayerda ekanini aniqlagani xabar qilingandi.